Madridning «Real» klubi nemis himoyachisi Antonio Ryudiger o‘rniga kimni olib kelishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq «Qirollik klubi» 33 yoshli Ryudiger bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgani xabar qilingan edi.
MadridistaHoy ma’lumotiga ko‘ra, «Real» o‘z tarbiyalanuvchisi Xakobo Ramonni jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. 21 yoshli ispaniyalik himoyachi 2025 yil yozidan buyon Italiyaning «Komo» klubi safida to‘p tepmoqda.
Manba ta’kidlashicha, Ramon Ryudiger o‘rniga olib kelinishi mumkin bo‘lgan asosiy transfer nomzodi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Xakobo Ramon barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Uning «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.













