Dubayning «Yunayted» klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali yarim himoyachi Mahmud Daudni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Nemis futbolchisining so‘nggi klubi «Ayntraxt» Frankfurt bo‘lib, u jamoa safida 2024 yil yozidan buyon to‘p tepib kelayotgan edi.
Daud faoliyati davomida Myonxengladbaxning «Borussiya»si, Dortmundning «Borussiya»si, «Brayton» va «Shtutgart» klublarida ham o‘ynagan.













