«Monako» markaziy hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
Balogun yozda 45 million yevro evaziga «Everton»ga o‘tishga yaqin turgan edi, ammo kelishuv amalga oshmay qoldi.
Joriy mavsumda amerikalik hujumchi Fransiya chempionatida atigi 1 ta o‘yinda maydonga tushdi va golli harakat qayd etmadi.
Manbada qayd etilishicha, Balogun JCH-2026 vaqtida katta mojaroga ham aralashgan. Nimchorak final uchrashuvi oldidan uning qizil kartochkasi AQSH prezidenti Donald Trampning FIFA rahbari Janni Infantinoga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng bekor qilingani aytilgan.













