«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘zini «Oltin to‘p» sohibi darajasida o‘ynayotgan futbolchi deb hisoblashini aytdi.
«Men faqat bu yil emas, anchadan beri «Oltin to‘p» darajasida o‘ynayapman. Hamma men boshqalarga o‘xshamasligimni juda yaxshi biladi.
Menga faqat g‘alaba qozonishda davom etish kerak. Vaqti kelib, barcha bahslar ham tugaydi», — dedi 19 yoshli futbolchi.
Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Sovrinni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili «Oltin to‘p»ni «PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi.













