Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining 1-turida Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu fransuzlar uchun 2026 yildagi 10-g‘alaba bo‘ldi. Ularning 6 tasi JCH-2026da, 3 tasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida va yana 1 tasi Millatlar ligasida qayd etilgan.
Fransiya so‘nggi bor bir kalendar yilda 10 ta o‘yinda 2021 yilda g‘alaba qozongan edi.
2026 yilda jamoa 3 marta mag‘lubiyatga uchradi. Ularning 2 tasi jahon chempionatida, yana 1 tasi o‘rtoqlik uchrashuvida qayd etildi.
Fransiya keyingi o‘yinini 28 sentyabr kuni safarda Belgiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 21:45 da boshlanadi.













