Italiya terma jamoasi Millatlar ligasining 1-turida Belgiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu natija italiyaliklar uchun so‘nggi 40 yil ichida uyda kamida ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lib, birorta ham gol ura olmagan ikkinchi holat bo‘ldi.
Italiya so‘nggi bor bunday mag‘lubiyatni 2006 yil 16 avgust kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida qabul qilgan edi. O‘sha bahs ham 0:2 hisobida yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, bu Roberto Manchinining terma jamoaga qaytganidan keyingi ilk o‘yini edi.
Ayni paytda Italiya o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Jamoa keyingi uchrashuvini 28 sentyabr kuni safarda Turkiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs soat 23:45 da boshlanadi.













