Misr milliy terma jamoasi Janubiy Sudanga qarshi uchrashuv oldidan Muhammad Salohsiz qoldi.
"Kair 24" ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" hujumchisi terma jamoa murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda yig‘inni tark etgan.
Misr Futbol Assosiasiyasi ham ushbu ma’lumotni tasdiqlab, Saloh bo‘lajak bahsda maydonga tushmasligini bildirdi.
Bunga Janubiy Sudandagi maydon holati sabab bo‘lgan. Federasiya futbolchining xavfsizligi va maydonning uchrashuv o‘tkazish uchun qay darajada mos ekanini inobatga olgan holda shunday qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.













