Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Yamal: «Himoyachini meni to‘xtatishga urinayotgan robotdek tasavvur qilaman»

Yamal: «Himoyachini meni to‘xtatishga urinayotgan robotdek tasavvur qilaman»

Baho:
+ | -

Lamin Yamal zamonaviy futbol va birga-bir vaziyatlardagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Qanot himoyachisi murabbiydan: «Lamin mana bunday va bunday harakat qiladi», degan ko‘rsatmalarni oladi. Men esa uni meni to‘xtatishga harakat qilayotgan robotdek tasavvur qilaman.

Robotlar deyarli mukammal bo‘lishi mumkin, ammo insonda robotda bo‘lmaydigan narsa bor.

Futbol ancha mexaniklashib qoldi. Lekin men, Pedri va yana ko‘plab futbolchilarda o‘ziga xos uchqun bor.

Neymarning o‘ziga xos usuli bor: u to‘xtaydi, aldamchi harakat qiladi va boshqa tomonga ketadi. Men uning juda ko‘p videolarini ko‘rganman.

Raqiblar meni qolipga sola olmasligi va qayerga harakat qilishimni oldindan bilmasligi uchun shunday o‘ynashga harakat qilaman», — dedi Yamal.

Kiritildi: 17:44, 26.09.2026.
O'qildi: 341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик