«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal futboldagi muvaffaqiyatlari va oilasining bunga munosabati haqida gapirdi.
«Muammo shundaki, mening oilam mag‘lubiyat nima ekanini bilmaydi. Yevropa chempionatiga boraman — g‘olib bo‘laman. Jahon chempionatiga boraman — yana g‘olib bo‘laman. Finaldan keyin oilam juda xursand edi. Tashqaridan qaraganda hammasi juda oson ko‘rinadi.
Bir payt o‘zimcha: «Bir kuni g‘olib bo‘lmasam, ular meni juda yomon deb o‘ylab qolishadi», deb o‘yladim.
Shunda ularga: «Xotirjam bo‘linglar, hali oldinda yana ko‘p Jahon chempionatlari bor», dedim», — dedi Yamal.
Lamin Yamal 17 yoshga to‘lganidan ko‘p o‘tmay Yevropa chempionligini, 19 yoshga to‘lganidan keyin esa Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.













