Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Gordon Flikning hujumkor tizimiga ideal moslashayotgani aytildi

Gordon Flikning hujumkor tizimiga ideal moslashayotgani aytildi

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati va murabbiylar shtabi Entoni Gordonning dastlabki o‘yinlari hamda uning Xans-Diter Flikning hujumkor uslubiga moslashuvidan mamnun. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli vinger transferi hozircha kutilgan natijani to‘liq berayotgan deb hisoblamoqda.

Gordon bilan ishlayotgan mutaxassislar uni o‘ta professional va maqsadi sari qat’iyat bilan intiladigan futbolchi sifatida ta’riflamoqda.

«Barselona»da Gordonni Markus Rashford o‘rniga sotib olish qarori to‘g‘ri bo‘lgan, degan fikr ustun.

Joriy mavsumda Gordon barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 18:49, 26.09.2026.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик