Irlandiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi B ligasi guruh bosqichining 1-turida Isroilga qarshi o‘yinni boykot qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Layla Hamed X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Uchrashuv ertaga, 27 sentyabr kuni o‘tkazilishi kerak.
Manbaga ko‘ra, ayrim futbolchilar maydonga tushishdan bosh tortish niyatida. Bugun, 26 sentyabr kuni jamoa mashg‘ulotni belgilangan vaqtda boshlamagan. Futbolchilar va murabbiylar shtabi ikki soatdan beri yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Avvalroq OAVda Irlandiya va Isroil terma jamoalari Millatlar ligasidagi o‘zaro uchrashuvlardan keyin futbolkalarni almashmasligi haqida xabar berilgan edi.
Guruh bosqichida Irlandiya va Isroil o‘rtasida ikki o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan — 27 sentyabr va 4 oktyabr kunlari.
Uchrashuvlar neytral maydonlarda o‘tkaziladi: biri Serbiyada tomoshabinlarsiz, ikkinchisi esa Vengriyada irlandiyalik muxlislarsiz bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.













