Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Safonov «Oltin to‘p» uchun Messi va Dembeleni asosiy da’vogar deb atadi

Safonov «Oltin to‘p» uchun Messi va Dembeleni asosiy da’vogar deb atadi

Baho:
+ | -

Futbol agenti Aleksey Safonov 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun kimlarni asosiy da’vogar deb hisoblashini aytdi.

«Messi va Dembele — «Oltin to‘p» uchun favoritlar. Jahon chempionati juda katta ko‘rsatkich, chunki barcha jamoalar bu musobaqaga to‘rt yil tayyorlanadi. Kimdir hal qiluvchi pallada jamoasini olg‘a yetaklaydi, kimdir esa muvaffaqiyatsiz o‘ynaydi.

Uchinchi nomzod sifatida Mbappeni aytardim. Ammo uning xarakteri tufayli FIFA unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi mumkin, deb o‘ylayman.

Keyn va Yamal ham juda katta ambisiyaga ega, munosib futbolchilar. Ular ham yaxshi futbol yilini o‘tkazishdi va da’vogarlar qatorida bo‘ladi», — dedi Safonov.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:58, 26.09.2026.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик