Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Real»ning sobiq futbolchisi «Oltin to‘p» uchun uch nafar da’vogar safiga Messi va Yamalni qo‘shmadi

«Real»ning sobiq futbolchisi «Oltin to‘p» uchun uch nafar da’vogar safiga Messi va Yamalni qo‘shmadi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq futbolchisi Guti futbolchilarning «Oltin to‘p» uchun kurashi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, asosiy kurash Keyn, Mbappe va Rodri o‘rtasida kechadi. Men uchun favorit — Mbappe, ammo vaziyat juda bahsli. Men «Oltin to‘p»ni Mbappe qo‘lga kiritishini xohlayman, chunki u «Real»da o‘ynaydi. Ammo Rodri ham g‘olib bo‘lishi mumkin.

Agar sovrinlarga qarasak, Fabian Ruis Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Ammo u «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi, deb o‘ylamayman, chunki unda bu sovrinni yutib olish uchun yetarlicha katta nom yo‘q. Erishgan yutuqlariga ko‘ra, «Oltin to‘p»ni Ruisga berish kerak. Ammo boshqa futbolchilarning nomi ko‘proq jaranglaydi», — deya Gutining so‘zlarini La Razon keltirdi.

Qayd etish joizki, Guti o‘zining qisqa ro‘yxatiga «Barselona» futbolchisi Lamin Yamalni, shuningdek, «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messini kiritmadi.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 20:33, 26.09.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик