«Liverpul» tarkibini kuchaytirish rejalarini tuzmoqda. Football Insider nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar «Real» yarim himoyachisi Orelyen Tchuamenini transfer qilishga urinib ko‘rishi mumkin.
«Liverpul» 2027 yilda Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi ehtimol. Angliya klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Biroq transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki Tchuameni «Real» tarkibida muhim o‘rin tutadi.
Transfermarkt portali 26 yoshli fransuz futbolchisining qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.
Tchuameni «Real» safida 199 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













