«Manchester Siti» rahbari Xaldun al-Muborak klubning moliyaviy qoidalarni buzganligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Men 18 yildan buyon ushbu klubning bir qismiman. «Etixad», «Uembli» va Istanbulda sizlar bilan birga tribunalarda bo‘lish men uchun katta sharaf edi.
Bu klub men uchun juda qadrli. Sizlar ham «Manchester Siti» siz uchun qanchalik muhim ekanini menga ko‘p bor ko‘rsatdingiz va aytdingiz. Shuning uchun bugun sizlarga murojaat qilyapman.
Juma kuni OAVda tarqalgan xabarlardan so‘ng ko‘pchiligingiz kechani do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz va hamkasblaringizdan kelgan savollar va xabarlarga javob berish bilan o‘tkazgan bo‘lsangiz kerak. Men ham shunday qildim. Oilamga esa shunday dedim: jarayon hali davom etmoqda. Klubning aybsizligini isbotlashga bo‘lgan ishonchimiz va qat’iyatimiz bu ish boshlangan paytdagidek kuchli bo‘lib qolmoqda", — dedi Muborak.













