Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Tuxel Ngumoani Ispaniyaga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi

Tuxel Ngumoani Ispaniyaga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 18 yoshli Rio Ngumoani Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

Uchrashuv 26 sentyabr kuni "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Koul Palmer va Markus Reshford ham bor bo‘lgan besh nafar futbolchi jarohat sabab terma jamoani tark etganidan keyin Ngumoaning Ispaniyaga qarshi o‘yinda ishtirok etish imkoniyati oshgandek ko‘ringan edi.

Biroq Tuxel qo‘shimcha ravishda Jeyms Garner va Morgan Gibbs-Uaytni terma jamoaga chaqirdi. Natijada murabbiy ixtiyorida 24 nafar futbolchi qoldi, o‘yin qaydnomasiga esa maksimum 23 nafar o‘yinchi kiritilishi mumkin.

Shu tariqa, Ngumoa qaydnomadan chetda qolgan yagona futbolchi bo‘ldi.

Bu ma’lumot UEFA e’lon qilgan rasmiy ro‘yxatda ham tasdiqlandi.

Kiritildi: 22:42, 26.09.2026.
O'qildi: 266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик