Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalning kibrli ekani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.
"Odamlar haqiqiy Lamin Yamalni bilmaydi. U juda yaxshi jamoaviy futbolchi, ishonchli sherik va u bilan ishlash juda oson", — dedi de la Fuente The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Murabbiy "ego" so‘ziga nega doim salbiy ma’no yuklanishini tushunmasligini ham ta’kidladi.
"Hammamizda ego bor. Agar ambisiyani jamoaning umumiy maqsadi sari yo‘naltira olsang, bu juda yaxshi sifat", — dedi u.
Mutaxassisning aytishicha, Jahon chempionati Yamalga katta foyda bergan. U futbolchi, jamoadosh va inson sifatida yanada o‘sgan.
"Endi u hatto yorqin o‘yin ko‘rsatmayotgan bo‘lsa ham, jamoaga foyda keltira olishini biladi. Bu uning rivojlanishida juda muhim qadam. Uning oldida hali ko‘p ish bor. Laminda uzoq yillar davomida jahon darajasidagi futbolchi bo‘lib qolish uchun barcha zarur sifatlar bor", — dedi de la Fuente.
De la Fuente Yamalni Ispaniya milliy terma jamoasiga birinchi marta 2023 yil sentyabrda chaqirgan edi.
Gruziyaga qarshi debyut uchrashuvida 16 yoshli Yamal gol urdi va Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutant hamda eng yosh gol muallifiga aylandi.













