Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Ballak "Real" haqidagi gaplari uchun Karlni himoya qildi

Ballak "Real" haqidagi gaplari uchun Karlni himoya qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballak Madridning "Real" klubida o‘ynash orzusi haqida gapirgan 18 yoshli Lennart Karlni himoya qildi.

Karlning bu gaplari "Bavariya" muxlislari orasida turlicha munosabat uyg‘otdi. Biroq futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan Ballak uning gaplarida hech qanday muammo ko‘rmayapti.

"Undan: "Bavariya"dan keyin sizga qaysi klub ko‘proq yoqadi?" deb so‘rashgan. Savolning shu qismi ko‘pincha esdan chiqarilyapti. Aslida u hech qanday yomon gap aytmadi. U shunchaki o‘z orzusi haqida gapirdi. Menda ham doim shunday orzu bo‘lgan", — dedi Ballak.

"Lennartda xarakter bor va bu juda muhim. "Bavariya" kabi muhitda kuchli xaraktersiz 17 yoshda o‘zingni ko‘rsatishning iloji yo‘q.

Yosh futbolchilarga o‘ziga xoslik kerak. Albatta, iqtidor ham zarur, ammo bugun tarbiya, maktablar va futbol akademiyalarida biroz yo‘qolib borayotgan boshqa sifatlar ham juda muhim", — dedi Ballak.

Karl joriy mavsumda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:46, 26.09.2026.
O'qildi: 201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик