Fransiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise kelasi yili o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.
25 yoshli futbolchiga Yevropaning ikki top-klubi — «Real» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. «Bavariya» esa jamoa yetakchilaridan birini saqlab qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.
Oliseni «Bavariya» bilan bog‘lab turgan amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar tuzilgan. Futbolchining bozor qiymati 170 million yevroga baholanmoqda.
Fransiyalik futbolchi joriy Bundesliga mavsumida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.













