«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyati oldiga yanvar oyida markaziy himoyachi xarid qilish vazifasini qo‘ydi.
Bunga Andreas Kristensenning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqqani sabab bo‘lgan. Daniyalik himoyachi jarohat tufayli taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.
Shu bilan birga, mavsum boshida Jerar Martinning o‘yinlari ham Flikni to‘liq qoniqtirmayapti.
Nemis mutaxassisi o‘z istagini «Barselona» rahbariyatiga yetkazgan. Klub sport direktori Deku esa allaqachon yangi markaziy himoyachi qidirish ishlarini boshlagan.













