Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Kamp Nou» 2030 yilgi jahon chempionati finaliga mezbonlik qilishi mumkin

«Kamp Nou» 2030 yilgi jahon chempionati finaliga mezbonlik qilishi mumkin

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Barselona» klubi va Kataloniya rasmiylari orasida «Kamp Nou» 2030 yilgi jahon chempionati finaliga mezbonlik qilishi mumkinligiga ishonch ortib bormoqda.

Yaqinda stadion 2029 yilgi Chempionlar ligasi finalini qabul qilish uchun tanlangan edi. Bu qaror Ispaniya, Portugaliya va Marokash birgalikda o‘tkazadigan 2030 yilgi jahon chempionati finali uchun «Kamp Nou»ning imkoniyatlarini ham oshirgan.

«Barselona» va mahalliy hokimiyat final mezbonligi uchun ariza ustida ishlamoqda. Hozircha asosiy raqib sifatida Kasablankada qurilayotgan «Hasan II» stadioni ko‘rilmoqda. Madridning «Santyago Bernabeu» arenasi ham da’vogarlar qatorida ekani aytilmoqda.

Kataloniya hukumati sport vaziri Berni Alvares «Kamp Nou» final uchun eng munosib joy, deb hisoblamoqda.

«Bu final uchun eng yaxshi joy. Men shunchaki optimist bo‘layotganim yo‘q, balki real vaziyatdan kelib chiqib gapiryapman. Menimcha, 2030 yilgi jahon chempionati finali uchun eng yaxshi arena — «Kamp Nou», — dedi Alvares.

Uning ta’kidlashicha, yakuniy qaror faqat «Barselona» tomonidan qilingan ishlarga bog‘liq bo‘lmaydi.

«Bizda imkoniyat bo‘ladi. Kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish muhim. Ammo natija 100 foiz faqat bizning ishimizga bog‘liq emas», — deya qo‘shimcha qildi u.

FIFA hali 2030 yilgi jahon chempionati finali qayerda o‘tkazilishini rasman e’lon qilmagan. Marokash futbol federasiyasi prezidenti Fauzi Lekja esa final 2027 yilda ochilishi rejalashtirilgan «Hasan II» stadionida o‘tkazilishini aytgan.

Kiritildi: 13:22, 27.09.2026.
O'qildi: 417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик