Jorje Jezush Braziliya futbolida xorijlik futbolchilar limitini qisqartirish ehtimolini keskin tanqid qildi.
Tajribali portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida bunday cheklov mahalliy futbolchilar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidladi.
Uning fikricha, asosiy muammolar yosh futbolchilarni tayyorlash tizimidagi kamchiliklar va musobaqalar taqvimining haddan tashqari zichligi bilan bog‘liq.
«Braziliyalik futbolchini o‘zgartiradigan narsa xorijliklar limiti emas. Muammo yoshlar tayyorgarligi sifati va taqvimda», — dedi Jezush.
Shuningdek, u mintaqaviy musobaqalarni saqlab qolish tarafdori ekanini bildirdi va an’anaviy shtat chempionatlari bekor qilinmasligiga umid bildirdi.
«Umid qilamanki, shtat chempionatlarini yo‘q qilib yuborishmaydi», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.













