Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Runi qanday qilib vazn tashlaganini aytib berdi

Runi qanday qilib vazn tashlaganini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi vazn tashlash jarayoni haqida gapirib berdi.

«O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Anchadan beri alkogol iste’mol qilmayapman — shunchaki sog‘lomroq bo‘lishni istadim. Ovqatlanish tartibimni ham yaxshiladim va muntazam mashq qilyapman.

Ko‘pchilik men vazn tashlash uchun maxsus in’eksiyalardan foydalanyapti, deb o‘ylayapti, ammo bu to‘g‘ri emas. Shuni aniq aytmoqchiman: men buning uchun juda ko‘p va qattiq mehnat qildim», — dedi Runi.

Ueyn Runi 2004 yildan 2017 yilgacha «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. U «qizil iblislar» safida 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Runi 253 ta gol bilan «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Kiritildi: 13:45, 27.09.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик