«Napoli» Kevin De Bryoyne, Stanislav Lobotka va Andre Zambo Angissa bilan shartnomani uzaytirish masalasida hali aniq qarorga kelmagan. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Uchala futbolchining ham amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Biroq klub ularning maoshi yuqori ekani sabab yangi kelishuv taklif qilish qanchalik maqbul ekanini o‘ylab ko‘rmoqda.
Ta’kidlanishicha, De Bryoyne, Lobotka va Angissa «Napoli»da eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar qatoriga kiradi.
«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Lobotkani Turin klubiga olib kelishga qiziqish bildirmoqda. «Napoli» esa allaqachon slovakiyalik yarim himoyachiga o‘rinbosar qidirishni boshlagan.
Lobotka «Napoli»da bir mavsum uchun 3,5 million yevro maosh oladi.













