Kirish Ro'yxatdan o'tish

Millatlar ligasi. Irlandiya Isroilni yirik hisobda yengdi

Millatlar ligasi. Irlandiya Isroilni yirik hisobda yengdi

Baho:
+ | -

Irlandiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Isroilni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Vengriyaning Debresen shahridagi neytral maydonda bo‘lib o‘tdi.

Irlandiyaliklar uchala golni ham birinchi bo‘limda kiritdi. Troy Parrott, Adam Ayda va Jek Moylan o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Uchrashuv oldidan har ikki terma jamoa futbolchilari bir-birlarining qo‘lini siqishmadi. Irlandiya futbolchilari G‘azodagi mojaro chog‘ida halok bo‘lganlar xotirasiga qora bog‘ichlarda maydonga chiqdi va Isroil madhiyasi yangragan paytda boshlarini egdi.

Irlandiya 3 ochko jamg‘arib, V ligasining 3-guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Isroil esa musobaqa startidagi har ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasidan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:20, 28.09.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик