Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya yetakchisi: «Bizda o‘yin taqdirini yolg‘iz hal qiladigan yulduz yo‘q»

Italiya yetakchisi: «Bizda o‘yin taqdirini yolg‘iz hal qiladigan yulduz yo‘q»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi navbatdagi siklni omadsiz boshladi. Jamoa Belgiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natijaga Italiyaning asosiy futbolchilaridan biri Sandro Tonali munosabat bildirdi.

«Ko‘pchilikning kayfiyati tushib ketdi, ammo o‘yindan keyin bo‘ladigan barcha narsani — tribunalardagi hushtakbozlikdan tortib, o‘zimizdagi alamgacha — qabul qilishimiz kerak.

Biz yomon o‘ynadik va mag‘lubiyatga loyiq edik. Yaxshiyamki, uch kundan keyin yana maydonga tushamiz. Biz zudlik bilan o‘zimizga kelishimiz kerak.

Birga ko‘proq vaqt o‘tkazishimiz va haqiqiy jamoaga aylanish ustida ishlashimiz zarur. Bizda o‘yin taqdirini yolg‘iz o‘zi o‘zgartirib yuboradigan yulduz futbolchi yo‘q.

Vaqt o‘tishi bilan kuchli jihatlarimiz o‘zini ko‘rsatishiga ishonaman», — deya Tonalining so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchta jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 03:38, 28.09.2026.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик