Gresiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Yovanovich Millatlar ligasi 2-turida Germaniya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
«Men juda baxtiyorman. Bu ham yunon futboli, ham uning kelajagi, shuningdek, biz ishtirok etayotgan turnir uchun ulkan g‘alaba. Ikkita g‘alaba — ideal start», — dedi murabbiy o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
«Futbolchilarim maydonda bor kuchini berdi. Avvalgi o‘yin ham juda og‘ir kechganini unutmasligimiz kerak, bu safargi bahs esa undan ham qiyin bo‘ldi.
Jamoa butun uchrashuv davomida, jumladan birinchi bo‘limda ham to‘g‘ri kayfiyat bilan harakat qildi. Himoyada yaxshi o‘ynadik, ammo to‘p bilan o‘zimiz istagandek harakat qila olmadik va hujumda ko‘proq ish qilish imkoni bo‘lmadi.
Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq va faolroq o‘ynay boshladik hamda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Bizga ancha sabr qilishga to‘g‘ri keldi, ammo futbolchilar bunga tayyor edi».
Gresiya 6 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Niderlandiya hisobida 4 ochko, Germaniyada 1 ochko bor. Serbiya esa hozircha ochko jamg‘ara olmagan.













