«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Millatlar ligasi doirasida Angliya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvga tashrif buyurdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Nemis mutaxassisida «Uembli»dagi shanba kungi bahsda kuzatadigan futbolchilar yetarli edi. Angliya safida Entoni Gordon maydonga tushdi va gol urdi. Ispaniya tarkibida esa Lamin Yamal gol kiritdi, Dani Olmo golli uzatma berdi, shuningdek Rodri Ernandes va Pedri ham o‘yinda ishtirok etdi.
Uchrashuv amaldagi jahon va Yevropa chempionlarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Seshanba kuni Angliya safarda Chexiyaga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya esa o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qiladi.













