Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu 2024 yildan beri ilk bor terma jamoada qaydnomada bo‘lib, o‘yinda qatnashmadi

Ronaldu 2024 yildan beri ilk bor terma jamoada qaydnomada bo‘lib, o‘yinda qatnashmadi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli hujumchisi ikki yildan ortiq vaqt ichida ilk bor milliy jamoa qaydnomasidan joy olgan holda maydonga tushmadi.

So‘nggi bor bunday holat 2024 yil 8 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida sodir bo‘lgan edi. O‘sha bahs Portugaliyaning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan.

Shundan keyin Ronaldu qaydnomadan joy olgan 28 ta uchrashuvning barchasida maydonga tushgan. Ularning 27 tasida asosiy tarkibda o‘yin boshlagan, yana bir uchrashuvda esa tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga chiqqan.

Bu 2024 yil 8 sentyabr kuni Millatlar ligasida Shotlandiyaga qarshi bahsda sodir bo‘lgan edi.

Kiritildi: 04:41, 28.09.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик