Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter Mayami» Messining goliga qaramay, 90+9-daqiqada gol o‘tkazib yuborib «Kolambus»ga imkoniyatni boy berdi

«Inter Mayami» Messining goliga qaramay, 90+9-daqiqada gol o‘tkazib yuborib «Kolambus»ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

MLS doirasidagi «Kolambus Kryu» va «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Kolambusda bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Inter Mayami» tarkibida argentinalik hujumchi Lionel Messi jarima zarbasidan gol urdi.
«Kolambus Kryu» tarkibida esa penaltini aniq amalga oshirgan Xosef Martines hamda Jamal Tyare ajralib turishdi. Mezbonlar g‘alaba golini 90+9-daqiqada kiritishdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSda qatorasiga beshta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti (to‘rtta durang va bir mag‘lubiyat). «Kolambus Kryu» esa o‘z navbatida ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

MLSning navbatdagi turida «Inter Mayami» «Di-Si Yunayted» bilan kuch sinashadi, «Kolambus Kryu» esa «Orlando Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Ikkala uchrashuv ham 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 06:56, 28.09.2026.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик