Kirish Ro'yxatdan o'tish

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Millatlar ligasida Gresiyadan uchratilgan mag‘lubiyat sababini aytdi

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Millatlar ligasida Gresiyadan uchratilgan mag‘lubiyat sababini aytdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jonatan Ta Millatlar ligasi guruh bosqichi (A ligasi) 2-turidan o‘rin olgan Gresiyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (0:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Oson o‘yin bo‘lmadi. Ochig‘ini aytganda, shunchaki yetarlicha yaxshi o‘ynay olmadik. Albatta, bizda xavf tug‘dirishimiz mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatlar bo‘ldi va agar ulardan foydalanganimizda, o‘yin biroz boshqacha tus olishi mumkin edi. Ammo raqib bizga taqdim etgan imkoniyatlardan foydalana olmadik: ular bizga deyarli pressing qilishmadi va biz to‘pni ancha yaxshiroq nazorat qilishimiz mumkin edi. Oqibatda raqib qarshi hujumlar uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi, bir nechta vaziyat yaratdi va ularning birini golga aylantirdi», — dedi Ta Germaniya futbol ittifoqining rasmiy saytiga.

Guruh bosqichining 1-turida Gresiya Serbiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi, Germaniya esa Niderlandiya bilan durang o‘ynagan edi — 1:1.

Kiritildi: 06:58, 28.09.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик