Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson Millatlar ligasi (B ligasi) 2-turi doirasida Isroil ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.
«Biz so‘zma-so‘z har bir daqiqada ishlayapmiz. Kecha men hatto o‘yin bo‘lib o‘tishini xayolimga ham keltirmagandim. Shunday ekan, ha, xayolimizda juda ko‘p o‘ylar aylanmoqda va atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni hisobga olgan holda, ba’zida savollarga javob berish biz uchun qiyin kechayotgani uchun bizni kechirasiz degan umiddaman.
Biz o‘z xarakterimizni ko‘rsatdik. Qiyin damlarda kim aslida yetakchi ekanini tushunib yetasan, ular murakkab vaziyatlarda o‘zlarini ko‘rsatishadi va bu yigitlar o‘z mamlakatlarini qanchalik yaxshi ko‘rishlarini isbotlashdi. Ularning o‘yini ham buni tasdiqladi. G‘olib bo‘lib chiqish uchun deyarli hech qanday imkoniyating bo‘lmagan vaziyatda qolish juda qiyin. Lekin bu futbolchi o‘z xarakterini ko‘rsata oladigan yagona yo‘l — maydondir. Aynan o‘sha yerda futbolchilar haqiqiy ma’noda gapirishlari mumkin. Mayli, ularning o‘rniga oyoqlari gapirsin», — deydi Xadlgrimssonning so‘zlarini Sport5.
Oldinroq Irlandiya terma jamoasi futbolchilari UYEFA Millatlar ligasi 1-turi doirasidagi Isroilga qarshi o‘yinni (3:0) boykot qilmaslikka qaror qilishgani haqida xabar berilgan edi.













