Yarim himoyachi Koul Palmer yaqin orada «Chelsi»ni tark etmaydi. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Havbek «Chelsi»ga to‘liq sodiq qolmoqda. U Angliya terma jamoasi tarkibiga qaytish uchun yetarlicha sport formasini tiklashga diqqatini qaratgan. Yaqinda «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish borligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tish ayni damda futbolchini qiziqtirmayapti.
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, Palmer bolaligidan «Manchester Yunayted» muxlisi hisoblanadi.













