Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Savio Vinisius Juniorning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
26 yoshli vinger joriy mavsumni unchalik omadli boshlamadi va shu sabab jamoatchilik tomonidan tanqidlarga uchramoqda.
«Vinisius «Real»da o‘ynay boshlaganidan buyon eng qiyin davrini boshdan kechirmoqda. Ammo bu oddiy holat.
Barcha futbolchilarda ko‘tarilishlar ham, pasayishlar ham bo‘ladi — bu futbolning bir qismi. U bu vaziyatdan chiqib ketadi, chunki unda ulkan iste’dod va imkoniyat bor. Bizga faqat biroz kutish kerak», — deya Savioning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Vinisius Joze Mourinyu boshchiligidagi «Real» safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













