Lionel Messi jarima zarbalarini amalga oshirish borasida Krishtianu Ronaldudan sezilarli darajada o‘zib ketdi.
Hali 2017 yilda portugaliyalik futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan urilgan gollar bo‘yicha argentinalikdan oldinda edi. Keyinchalik Krishtianu bunday vaziyatlarda kamroq gol ura boshladi, Messi esa faoliyati davomida standart vaziyatlarni amalga oshirish mahoratini rivojlantirib bordi va so‘nggi yillarda jarima zarbalaridan muntazam gol urmoqda.
Ayni paytda Leo bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldudan 11 ta golga oldinda — Messida 76 ta, Ronalduda esa 65 ta gol bor.
39 yoshli «Inter Mayami» hujumchisi o‘zining 76-golini dushanba kuni MLS doirasida «Kolambus Kryu»ga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan urdi.
Messiga jahon rekordini takrorlash uchun jarima zarbasidan yana ikki marta gol urish kerak.













