Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi MLSdagi golli seriyasini 3 ta o‘yinga yetkazdi

Messi MLSdagi golli seriyasini 3 ta o‘yinga yetkazdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Kolambus»ga qarshi 1:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda jarima zarbasidan gol urdi.

39 yoshli argentinalik futbolchi chempionatdagi golli seriyasini 3 ta o‘yinga yetkazdi. U shu oraliqda 3 ta gol urgan.

Joriy MLS mavsumida bu Messining 24 ta o‘yindagi 21-goli bo‘ldi. Shu tariqa u to‘purarlar poygasidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.

Ikkinchi o‘rinda «Dallas» hujumchisi Petar Musa bormoqda. Xorvatiyalik futbolchi 23 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan.

Shuningdek, Messi natijadorlik seriyasini 9 ta o‘yinga yetkazdi. U ushbu oraliqda 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Umuman olganda, Messining joriy MLS mavsumidagi hisobi 24 ta o‘yinda 21 ta gol va 11 ta golli uzatmadan iborat.

Kiritildi: 08:39, 28.09.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик