Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maldera: «Kvarasxeliya «Oltin to‘p»ga munosib»

Maldera: «Kvarasxeliya «Oltin to‘p»ga munosib»

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrea Maldera Millatlar ligasi B divizioni 2-turida Gruziyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Italiyalik mutaxassis raqib jamoada bosh murabbiy almashganiga ham munosabat bildirdi va Xvicha Kvarasxeliyaning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.

«Murabbiy almashganda, jamoa bunga albatta reaksiya qiladi. Ayniqsa, gap milliy terma jamoa haqida ketganda, yangi mutaxassisda to‘liq ish olib borish uchun deyarli vaqt bo‘lmaydi. Shunga qaramay, emosional jihatdan bunday o‘zgarish futbolchilarga, albatta, ta’sir qiladi.

Biz, avvalo, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz va yaxshi uchrashuv o‘tkazishga harakat qilishimiz kerak. Raqibda qanday o‘zgarishlar bo‘lgani haqida doimiy o‘ylab, kuch sarflashning hojati yo‘q.

Kvarasxeliyaga kelsak, u haqiqatan ham buyuk futbolchi. Menimcha, uning darajasini alohida tushuntirishga hojat yo‘q. Qolaversa, u bizning futbolchimiz Ilya Zabarniyning klubdoshi — ular «PSJ» safida birga o‘ynaydi.

Men Xvichani «Oltin to‘p»ga munosib, deb hisoblayman. Buni faqat uning joriy yildagi o‘yini haqida aytayotganim yo‘q. U avvalgi mavsumlarda «Napoli» safida ham yuqori darajada o‘ynagan. Menimcha, u haqiqatan ham bu mukofotga munosib va unga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman», — dedi Maldera matbuot anjumanida.

Gruziya — Ukraina uchrashuvi bugun, 28 sentyabr kuni Tbilisidagi Boris Paychadze nomidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:54, 28.09.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик