"Bayer"ning hujumkor yarim himoyachisi Ibraxim Maza faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga Londonning ikki klubi — "Arsenal" va "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, jazoirlik futbolchining xizmatlariga Premyer-liganing yana uch vakili — "Chelsi", "Manchester Siti" va "Aston Villa" ham qiziqmoqda.
Joriy mavsumda Maza barcha musobaqalar hisobida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.













