"Monako" yarim himoyachisi Lamin Kamara hamon Londonning "Chelsi" klubi e’tiborida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yozda futbolchining transferi amalga oshmaganiga qaramay, "Chelsi" Kamaraga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgan.
Biroq 2027 yilda ushbu transfer albatta amalga oshishiga hozircha hech qanday kafolat yo‘q.
Joriy mavsumda 22 yoshli senegallik futbolchi barcha musobaqalar hisobida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kamaraning "Monako" bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.













