Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turkiyaning uch grandi Chalxanogluni qo‘lga kiritmoqchi

Turkiyaning uch grandi Chalxanogluni qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Galatasaroy», «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» klublari «Inter» hamda Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Hakan Chalxanoglu bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda Turkiyaning Fanatik nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, avvalo «Galatasaray», shuningdek, «Fenerbaxche» va «Beshiktash» 32 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Shu bilan birga, Chalxanogluga «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Fanatik ma’lumotiga ko‘ra, Turin klubi so‘nggi bir necha oy davomida turkiyalik yarim himoyachini kuzatib kelmoqda.

Chalxanoglu va «Inter» o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda siljish kuzatilmasa, vaziyat yanada rivojlanishi mumkin. Agar tomonlar kelishuvni uzaytirish masalasida oldinga siljiy olmasa, «Yuventus» futbolchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Chalxanoglu 2021 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:28, 28.09.2026.
O'qildi: 350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик