Londonning «Arsenal» klubi avval tarqalgan mish-mishlarga qaramay, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng «Arsenal» yangi markaziy hujumchi izlashda davom etmoqda. Biroq «kanonirlar» Xoland bilan hech qanday muzokara o‘tkazmagani ta’kidlanmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bu ma’lumotni futbolchining vakillari ham tasdiqlagan.
Joriy mavsumda 26 yoshli Xoland barcha musobaqalar doirasida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik to‘purarning bozor qiymati 220 million yevroni tashkil etadi.













