O‘zbekistonlik hakamlar Eron va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida faoliyat olib boradi.
29 sentyabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida Eron va Rossiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Mazkur bahsni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.













