«Barselona» yulduz himoyachisi Jyul Kundeni sotishga tayyor. Fransiyalik futbolchining o‘sishdan to‘xtab qolgani kataloniyaliklar murabbiylar shtabini qoniqtirmayapti. Bu haqda jurnalist Luis Migelsans xabar bermoqda.
«Barselona» ichida Kunde bo‘yicha pozisiya aniq: o‘yinchi majburiy tartibda sotuvga qo‘yilmagan, ammo u munosib taklif tushgan taqdirda qo‘yib yuborilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatoriga kiradi. Klub asosiy tarkibdan joy yo‘qotgan Jyulni ushlab turmoqchi emas.
«Barselona» yozdayoq takliflarni eshitishga tayyor edi, ammo o‘yinchi qolishni va kurashishni tanladi. Endi esa zaxira o‘yinchisi maqomida qolib ketayotgani uni jamoadan ketish haqida o‘ylashga majbur qilishi mumkin. APLning kamida uchta yirik klubi uning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Potensial transfer summasi 50 mln yevroni tashkil etishi mumkin.













