«Portu»ning o‘ng laterali Albertu Koshta Angliya premyer-ligasi top-klublari e’tiborini tortishdi, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali.
22 yoshli portugaliyalik himoyachi Londonning «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari manfaatlari doirasiga tushdi. Koshtaning ehtimoliy transferi ingliz klublariga 65 million yevroga tushadi. Ushbu tovon puli uning «ajdarlar» bilan tuzgan mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Albertu 2025 yilning yozidan beri «Portu» sharafini himoya qilib kelmoqda. Himoyachi va Portugaliya grandi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. O‘yinchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.













