UFC chempioni Jastin Gedji Arman Sarukyanning navbatdagi jangi chempionlik jangi bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.
«Arman yaqindagina katta jang o‘tkazdi va hayratlanarli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hozir hammaning e’tibori unda, u navbatdagi da’vogar. Agar jang qilolganimda, biz yil oxirida to‘qnash kelgan bo‘lardik», — dedi Gedji.
Ilgariroq Gedji jarohatlar sababli bu yil maydonga tusha olmasligini aytgan edi. Sarukyan 20 sentyabr kuni Maurisio Ruffini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.













