Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

"Roma" yangi stadion qurilishi uchun rasmiy ruxsat oldi

"Roma" yangi stadion qurilishi uchun rasmiy ruxsat oldi

Baho:
+ | -

"Roma" Rimning shimolidagi Pyetralate hududida yangi stadion qurish loyihasini kelishish jarayoni yakunlanganini e’lon qildi. Klub bu voqeani yangi arena qurilishi yo‘lidagi tarixiy bosqich deb atadi.

"Roma"ning yangi stadioni loyihasi 2022 yil oktyabridan boshlab bir necha yil davomida ishlab chiqildi va zarur idoralar bilan kelishildi. Endi klub loyihaning keyingi bosqichiga o‘tadi.

Rejaga ko‘ra, qurilish ishlari 2027 yil mart oyida boshlanib, 2031 yilga qadar yakunlanishi kerak. Yangi stadion Italiya va Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Yevro-2032 musobaqasi arenalari ro‘yxatiga kiritilishi ham ko‘zda tutilmoqda.

"Roma" ta’kidlashicha, yangi stadion nafaqat klub va uning muxlislari uchun uy arenasi bo‘ladi, balki yangi imkoniyatlar yaratadigan, atrofdagi hudud rivojiga hissa qo‘shadigan va butun shahar hamda uning aholisiga uzoq muddatli foyda keltiradigan muhim inshootga aylanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:17, 28.09.2026.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик