Michel Salgado Braziliyaning «Nort» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klub 2022 yilda tashkil etilgan. 2027 yilda «Nort» o‘z tarixida ilk bor Braziliyaning to‘rtinchi divizioni — D Seriyada ishtirok etadi. Shuningdek, jamoa ilk marta Braziliya kubogida ham qatnashadi.
Bu «Real»ning sobiq himoyachisi uchun professional kattalar jamoasida bosh murabbiy sifatidagi ilk tajriba bo‘ladi.
Avvalroq Salgado Misr terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan, shuningdek, «Pafos» klubida sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Kipr klubida u ikki marta bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajargan.
2016–2017 yillarda Salgado FIFA va UYEFA a’zosi bo‘lmagan Galisiya terma jamoasini boshqargan.
2024 yildan beri ispaniyalik mutaxassis Saudiya Arabistonining U15 terma jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan edi.














