Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida o‘tkazgan har ikki uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.
Bugun 54 yoshli mutaxassis boshchiligidagi jamoa Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Avvalgi uchrashuvda fransuzlar Turkiya ustidan ham xuddi shu — 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
2 oktyabr kuni Fransiya terma jamoasi Italiyaga qarshi bahs olib boradi.













