«Sanderlend»ga tegishli niderlandiyalik hujumchi Brayan Brobbi boshqa bir ingliz klubi — «Manchester Yunayted» qiziqish doirasiga tushgan.
Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, «qora mushuklar» «qizil iblislar»ning qiziqishi haqida xabardor, ammo hujumchini sotishni rejalashtirmayapti.
Klub 2029 yilga qadar shartnomasi bo‘lgan Brobbi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.
Brayan 2025 yil sentyabridan beri «Sanderlend» safida to‘p tepmoqda. Niderlandiyalik futbolchining transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.
Joriy mavsumda Brobbi Angliya Premyer-ligasida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi.













