«Barselona» rahbariyati kelajak uchun yangi bosh murabbiy nomzodini belgilab qo‘ydi. Klubdagilar Serxio Busketsni jamoa bosh murabbiyi lavozimi uchun munosib nomzod deb hisoblamoqda.
Ispaniyalik sobiq yarim himoyachi avval murabbiylik sohasida yetarlicha tajriba to‘plashi kerak. Shundan so‘ng kataloniyaliklar uning nomzodini muhokama qilishga tayyor bo‘ladi.
«Barselona» rahbariyati Busketsning yuqori futbol intellekti unga kuchli murabbiy bo‘lib yetishish imkonini berishiga ishonmoqda.
Ayni paytda «ko‘k-anorranglilar»ni germaniyalik mutaxassis Xansi Flik boshqarmoqda.













